Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

“Ham o‘qish, ham staj”: OTMlarda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi

Дата публикации: 02-10-2026 09:00:00

Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20261002/dual-talim-60911092.html

“Ham o‘qish, ham staj”: OTMlarda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi

“Ham o‘qish, ham staj”: OTMlarda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi

Sputnik O‘zbekiston

Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi. 02.10.2026, Sputnik O‘zbekiston

2026-10-02T14:00+0500

2026-10-02T14:00+0500

2026-10-02T14:00+0500

o‘zbekiston

jamiyat

ta’lim

otm

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0f/20499864_195:487:2971:2048_1920x0_80_0_0_36312622e5628b6d77264569c339a04d.jpg

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2027/2028 o‘quv yilidan oliygohlarda ish beruvchi korxonalarning buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashning tizimi joriy etiladi. Prezident tegishli farmonni imzoladi. Bunda dual ta’lim shakliga qabul amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda OTM tomonidan belgilanadi.Dual ta’lim shakliga qabul ish beruvchi korxona buyurtmasiga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida har yili 1-oktabrga qadar amalga oshiriladi.Dual ta’lim OTM, korxona va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan tashkil etiladi. Farmonga ko‘ra, dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan talabalarga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi. Muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari bo‘yicha dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi.2027 yil 1-yanvardan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash istagini bildirgan korxonalar uchun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash maxsus kurslarini tashkil etiladi.2027/2028 o‘quv yili yakunidan boshlab dual ta’lim shakli bo‘yicha OTM va buyurtmachi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritiladi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan OTM va korxonalar reytingdagi o‘rniga mos ravishda 1, 2, 3 milliard so‘mdan rag‘batlantiriladi.

https://oz.sputniknews.uz/20260930/liygohlar-ozgarish-60852604.html

o‘zbekiston

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

1920

1080

true

1920

1440

true

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0f/20499864_536:452:2664:2048_1920x0_80_0_0_c9c504ff85e71806f4a6f3aed5a5804b.jpg

1920

1920

true

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Sputnik O‘zbekiston

o‘zbekiston, jamiyat, ta’lim, otm

o‘zbekiston, jamiyat, ta’lim, otm

Obuna bo‘lish

Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.

TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2027/2028 o‘quv yilidan oliygohlarda ish beruvchi korxonalarning buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashning tizimi joriy etiladi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.

Bunda dual ta’lim shakliga qabul amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda OTM tomonidan belgilanadi.

Dual ta’lim shakliga qabul ish beruvchi korxona buyurtmasiga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida har yili 1-oktabrga qadar amalga oshiriladi.

Dual ta’lim OTM, korxona va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan tashkil etiladi.

Korxona zimmasiga talabaga o‘qish davri davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ish haqi to‘lash, talabaning zimmasiga bitirgandan so‘ng kamida 2-yil mazkur korxonada ishlab berish majburiyatlari yuklanadi.

Farmonga ko‘ra, dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan talabalarga ijtimoiy stipendiya to‘lanadi. Muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xo‘jaligi ta’lim sohalari bo‘yicha dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi.

Talabaning dual ta’lim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.

2027 yil 1-yanvardan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash istagini bildirgan korxonalar uchun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash maxsus kurslarini tashkil etiladi.

2027/2028 o‘quv yili yakunidan boshlab dual ta’lim shakli bo‘yicha OTM va buyurtmachi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritiladi.

Eng yuqori natija ko‘rsatgan 3 tadan OTM va korxonalar reytingdagi o‘rniga mos ravishda 1, 2, 3 milliard so‘mdan rag‘batlantiriladi.

Studenti biologicheskogo fakulteta Moskovskogo gosudarstvennogo universiteta im. M.V. Lomonosova vo vremya leksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2026

30 Sentabr, 16:03

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1Pedagoglarga ustama va imtiyozlar: maktab va bog‘chalarda nimalar o‘zgaradi05.9930-09-2026
2Pedofillar yillar o‘tsa ham javobgarlikdan qocha olmaydi, ota-onalar mas’uliyati ham kuchayadi015.0929-09-2026
3“Sobir Rahimov – O‘rtaovul” oralig‘ida yangi temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi01003-10-2026
4O‘zbekiston g‘orlari yangi sayyohlik yo‘nalishlariga aylanadi016.2505-10-2026
5O‘zbekistonda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi — tafsilotlar013.0604-10-2026
6Senat Markaziy bank mustaqilligini kengaytirishni ma’qulladi015.5602-10-2026
7Sun’iy intellekt xavfi: Oq uy maxsus guruh tuzdi, Mask nazorat yo‘qolishidan ogohlantirgan011.7704-10-2026
8Һәр елны 5 октябрьдә бөтен дөнья буенча Укытучылар көне бәйрәм ...08.406-10-2026
9Quruq va iliq: hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi016.6405-10-2026
10Fransiyada o‘quvchilar norozilik namoyishlari chog‘ida 20 tadan ortiq maktabni vayron qildi013.8505-10-2026

Классификация: Общество. Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 8.52. Источник: oz.sputniknews-uz.com.