Вход на сайт

Просмотр новости

Найдите то, что Вас интересует

Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik, yangi bojxona strategiyasi, SI — video

Дата публикации: 30-09-2026 08:27:00

O‘zbekiston bojxonasida deklaratsiyalar mos kelsa, tovar bir daqiqada avtomatik chiqarilishi mumkin. Tizimda 16 ta sun’iy intellekt moduli ham sinovdan o‘tmoqda.

Основное содержимое страницы с новостью.

https://oz.sputniknews.uz/20260930/bojxona-strategiya-video-60846495.html

Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik, yangi bojxona strategiyasi, SI — video

Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik, yangi bojxona strategiyasi, SI — video

Sputnik O‘zbekiston

O‘zbekiston bojxonasi to‘qqiz davlat, jumladan Rossiya bilan deklaratsiyalar ma’lumotini almashmoqda. Yil oxirigacha Turkiya, Hindiston va Pokiston qo‘shiladi. Bojxonada 16 ta sun’iy intellekt moduli sinovdan o‘tkazilmoqda.

2026-09-30T13:27+0500

2026-09-30T13:27+0500

2026-09-30T13:27+0500

bojxona qo‘mitasi

bojxona boji

bojxona

sputnik

yeoii

mdh

sun’iy intellekt

toshkent

video

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1e/60844369_0:0:1805:1015_1920x0_80_0_0_c743ac8ce23c37304837c83f261721a1.jpg

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekiston bojxonasida deklaratsiya ma’lumotlari xorijiy hamkorlar axboroti bilan mos kelsa, tovar bojxona xodimi ishtirokisiz taxminan bir daqiqada avtomatik chiqarilishi mumkin. Ayni paytda tizimda 16 ta sun’iy intellekt (SI) moduli ham sinovdan o‘tkazilmoqda.Bu haqda Toshkentda O‘zbekiston bojxona brokerlari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan "Bojxona qonunchiligi va TIFdagi yangiliklar" mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilindi.Muhokamada Bojxona qo‘mitasi vakillari, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, bojxona brokerlari, transport va logistika kompaniyalari hamda davlat organlari vakillari qatnashdi.O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Strategik rejalashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Farhod Olimjonovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hozir to‘qqizta davlat, jumladan, Rossiya bilan eksport va tranzit deklaratsiyalari ma’lumotlarini almashmoqda.Agar eksport va import deklaratsiyalaridagi ma’lumotlar bir-biriga mos kelsa, tizim tovarni chiqarish haqida bojxona xodimi ishtirokisiz avtomatik qaror qabul qilishi mumkin. Bunday rasmiylashtirish taxminan bir daqiqa vaqt oladi.Bojxona ma’muriyatchiligini raqamlashtirishning yana bir yo‘nalishi — sun’iy intellektdan foydalanish.Ayni paytda O‘zbekiston bojxona organlarida 16 ta sun’iy intellekt moduli sinovdan o‘tkazilmoqda. Ular bojxona qiymati va TIF TN kodini aniqlash, hujjatlarni tanib olish, inspeksiya-ko‘rik majmualari orqali olingan tasvirlarni tahlil qilish va taqiqlangan tovarlarni aniqlashda qo‘llanilmoqda.Davra suhbatida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalariga ham e’tibor qaratildi.O‘zbekiston bojxona brokerlari uyushmasi raisi Arsen Ayrapetansning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat MDH, YeOII va boshqa davlatlardagi hamkasblar bilan amaliy aloqalarni kengaytirmoqda.O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bojxona brokerlari uyushmalari mintaqaviy kengash doirasida hamkorlik qilmoqda. Bunday aloqalar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga xorijda ishonchli hamkorlar topish va kontragentlar bilan yuzaga keladigan masalalarni hal qilishda yordam beradi.Ayrapetansning ta’kidlashicha, rossiyalik hamkasblar ham O‘zbekiston uyushmasi a’zolariga xorijiy hamkorlar bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatgan holatlar bo‘lgan.Bojxonada qanday yangi tartiblar joriy etilayotgani, sun’iy intellekt amaliyotda qanday ishlayotgani va Rossiya hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga nima berishi haqida — Sputnik videosida.

https://oz.sputniknews.uz/20260923/cis-bojxona-raxbarlar-qaror-60686913.html

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

2026

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Yangiliklar

uz_UZ

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

1920

1080

true

1920

1440

true

https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1e/60844369_164:0:1517:1015_1920x0_80_0_0_ba6416951652e94eb9d8b9dc85af25d3.jpg

1920

1920

true

Sputnik O‘zbekiston

info@sputniknews-uz.com

+74956456601

MIA „Rossiya Segodnya“

252

60

Sputnik O‘zbekiston

bojxona qo‘mitasi, bojxona boji, bojxona, sputnik, yeoii, mdh, sun’iy intellekt, toshkent, video

bojxona qo‘mitasi, bojxona boji, bojxona, sputnik, yeoii, mdh, sun’iy intellekt, toshkent, video

Obuna bo‘lish

O‘zbekiston bojxonasida deklaratsiyalar mos kelsa, tovar bir daqiqada avtomatik chiqarilishi mumkin. Tizimda 16 ta sun’iy intellekt moduli ham sinovdan o‘tmoqda.

TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekiston bojxonasida deklaratsiya ma’lumotlari xorijiy hamkorlar axboroti bilan mos kelsa, tovar bojxona xodimi ishtirokisiz taxminan bir daqiqada avtomatik chiqarilishi mumkin. Ayni paytda tizimda 16 ta sun’iy intellekt (SI) moduli ham sinovdan o‘tkazilmoqda.

Bu haqda Toshkentda O‘zbekiston bojxona brokerlari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan "Bojxona qonunchiligi va TIFdagi yangiliklar" mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilindi.

Muhokamada Bojxona qo‘mitasi vakillari, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, bojxona brokerlari, transport va logistika kompaniyalari hamda davlat organlari vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasining Strategik rejalashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Farhod Olimjonovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hozir to‘qqizta davlat, jumladan, Rossiya bilan eksport va tranzit deklaratsiyalari ma’lumotlarini almashmoqda.

Agar eksport va import deklaratsiyalaridagi ma’lumotlar bir-biriga mos kelsa, tizim tovarni chiqarish haqida bojxona xodimi ishtirokisiz avtomatik qaror qabul qilishi mumkin. Bunday rasmiylashtirish taxminan bir daqiqa vaqt oladi.

"Yil oxirigacha Turkiya, Hindiston va Pokiston bilan ham shunday ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz", — dedi Olimjonov.

Bojxona ma’muriyatchiligini raqamlashtirishning yana bir yo‘nalishi — sun’iy intellektdan foydalanish.

Ayni paytda O‘zbekiston bojxona organlarida 16 ta sun’iy intellekt moduli sinovdan o‘tkazilmoqda. Ular bojxona qiymati va TIF TN kodini aniqlash, hujjatlarni tanib olish, inspeksiya-ko‘rik majmualari orqali olingan tasvirlarni tahlil qilish va taqiqlangan tovarlarni aniqlashda qo‘llanilmoqda.

"Sun’iy intellekt transport vositasida qanday tovar borligini ko‘rsatadi va uni avtomatik ravishda deklaratsiya ma’lumotlari bilan taqqoslaydi", — dedi Bojxona qo‘mitasi vakili.

Davra suhbatida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalariga ham e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston bojxona brokerlari uyushmasi raisi Arsen Ayrapetansning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat MDH, YeOII va boshqa davlatlardagi hamkasblar bilan amaliy aloqalarni kengaytirmoqda.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bojxona brokerlari uyushmalari mintaqaviy kengash doirasida hamkorlik qilmoqda. Bunday aloqalar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga xorijda ishonchli hamkorlar topish va kontragentlar bilan yuzaga keladigan masalalarni hal qilishda yordam beradi.

Ayrapetansning ta’kidlashicha, rossiyalik hamkasblar ham O‘zbekiston uyushmasi a’zolariga xorijiy hamkorlar bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatgan holatlar bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday hamkorlik O‘zbekiston bojxona qonunchiligi va ma’muriyatchiligida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan bir paytda ayniqsa muhim.

Bojxonada qanday yangi tartiblar joriy etilayotgani, sun’iy intellekt amaliyotda qanday ishlayotgani va Rossiya hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga nima berishi haqida — Sputnik videosida.

Zasedanie Soveta rukovoditeley tamojennix slujb stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2026

23 Sentabr, 19:07

Схожие новости

#Наименование новостиТональностьИнформативностьДата публикации
1O‘zbekistonning eng yirik 5 ta savdo hamkori qaysi davlatlar - infografika010.4204-10-2026
2O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlari hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi07.8301-10-2026
3O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan savdosi 14,6 mlrd dollarga yetdi09.3804-10-2026
4Xivada O‘zbekiston va Belarus tadbirkorlari yangi qo‘shma loyihalarni kelishib oldi08.330-09-2026
5Yerxov Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan migrantlar uchun markaz O‘zbekistonda tashkil etish haqida06.3102-10-2026
6O‘zaro savdo o‘sdi, sanoat infratuzilmasi yaratilmoqda: Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi haqida02006-10-2026
7Talabalar, ustozlar, rektorlar va xususiy oliygohlar uchun imtiyozlar: nimalar o‘zgaradi01030-09-2026
8O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasini imzoladi06.6901-10-2026
950 foiz ustama, 200 mln so‘mgacha mukofot va imtiyozlar — texnikumlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar014.5930-09-2026
10Sun’iy intellekt xavfi: Oq uy maxsus guruh tuzdi, Mask nazorat yo‘qolishidan ogohlantirgan011.7704-10-2026

Классификация: . Схожих патентов: 0. Схожих новостей: 10. Тональность: 0. Информативность: 13.13. Источник: oz.sputniknews-uz.com.