Rossiya biznesi Qoraqalpog‘istonda sanoat kooperatsiyasi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini muhokama qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260929/russia-karakalpakstan-loyihalar-muhokama-60829352.html
Rossiya biznesi Qoraqalpog‘istonda yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi
Rossiya biznesi Qoraqalpog‘istonda yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vakillari Nukusdagi xalqaro forumlarda ishtirok etib, Qoraqalpog‘istonda sanoat kooperatsiyasi, mahalliylashtirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini muhokama qildi. Mintaqada Rossiya ishtirokidagi 47 ta korxona ishlamoqda.
2026-09-29T18:19+0500
2026-09-29T18:19+0500
2026-09-30T10:29+0500
iqtisod
qoraqalpog‘iston
rossiya
korxona
investitsiya
boshqirdiston
nukus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/1d/60829176_0:135:1448:950_1920x0_80_0_0_0b67f359f1d8e7f3874e55a771c479ff.png
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Rossiya biznesi Qoraqalpog‘istonda sanoat kooperatsiyasi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi ma’lum qildi.Rossiya vakillari 25–26 sentabr kunlari Nukusda tuzni qayta ishlash va tuz-kimyo sanoatini rivojlantirish, shuningdek savdo-investitsiya hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi.Qoraqalpog‘istonda hozir Rossiya kapitali ishtirokidagi 47 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu xorijiy davlatlar orasida Xitoydan keyingi ikkinchi ko‘rsatkichdir.Muzokaralarda kimyo va neft-kimyo sanoati, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, sanoat kooperatsiyasi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.Rossiya delegatsiyasi Qo‘ng‘irot soda zavodi, "Barsakelmes" tuz koni, Xalqaro logistika markazi hamda "Kungrad Salt Free Zone" sanoat zonasi imkoniyatlari bilan ham tanishdi.Qoraqalpog‘istonda qariyb 2 million aholi yashaydi va 3,6 mingga yaqin ishlab chiqarish korxonasi faoliyat ko‘rsatadi. Mintaqa yirik mineral-xomashyo bazasiga ega.
https://oz.sputniknews.uz/20260916/uzbekistan-qoshma-korxonalar-60492504.html
boshqirdiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
1920
1080
true
1920
1440
true
1920
1920
true
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
252
60
Sputnik O‘zbekiston
iqtisod, qoraqalpog‘iston, rossiya, korxona, investitsiya, boshqirdiston, nukus
iqtisod, qoraqalpog‘iston, rossiya, korxona, investitsiya, boshqirdiston, nukus
18:19 29.09.2026 (yangilandi: 10:29 30.09.2026)
Obuna bo‘lish
Rossiya biznesi Qoraqalpog‘istonda sanoat kooperatsiyasi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Rossiya biznesi Qoraqalpog‘istonda sanoat kooperatsiyasi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi ma’lum qildi.
Rossiya vakillari 25–26 sentabr kunlari Nukusda tuzni qayta ishlash va tuz-kimyo sanoatini rivojlantirish, shuningdek savdo-investitsiya hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘istonda hozir Rossiya kapitali ishtirokidagi 47 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu xorijiy davlatlar orasida Xitoydan keyingi ikkinchi ko‘rsatkichdir.
Tashrif doirasida Boshqirdistonning Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi huzuridagi vakili Albert Shayxutdinov Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, Nukus shahar hokimligi, "O‘zkimosanoat" va Rossiya hamda O‘zbekiston biznesi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda kimyo va neft-kimyo sanoati, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, sanoat kooperatsiyasi, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Rossiya delegatsiyasi Qo‘ng‘irot soda zavodi, "Barsakelmes" tuz koni, Xalqaro logistika markazi hamda "Kungrad Salt Free Zone" sanoat zonasi imkoniyatlari bilan ham tanishdi.
Qoraqalpog‘istonda qariyb 2 million aholi yashaydi va 3,6 mingga yaqin ishlab chiqarish korxonasi faoliyat ko‘rsatadi. Mintaqa yirik mineral-xomashyo bazasiga ega.
| # | Наименование новости | Тональность | Информативность | Дата публикации |
|---|---|---|---|---|
| 1 | O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlari hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi | 0 | 7.83 | 01-10-2026 |
| 2 | O‘zaro savdo o‘sdi, sanoat infratuzilmasi yaratilmoqda: Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi haqida | 0 | 20 | 06-10-2026 |
| 3 | O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan savdosi 14,6 mlrd dollarga yetdi | 0 | 9.38 | 04-10-2026 |
| 4 | Lyubimova Rossiya-O‘zbekiston kinoforumini o‘tkazishni taklif qildi | 0 | 14.35 | 06-10-2026 |
| 5 | Mirziyoyev va Rahmon O‘zbekiston – Tojikiston ittifoqchiligini rivojlantirishni muhokama qildi | 0 | 6.12 | 05-10-2026 |
| 6 | Aripov YeOII bilan hamkorlikni rivojlantirishga oid qator takliflarni ilgari surdi | 0 | 12.14 | 02-10-2026 |
| 7 | Putin Davlat dumasida: Rossiya yangi hududlari, iqtisodiyot va ijtimoiy majburiyatlar | 0 | 4.76 | 30-09-2026 |
| 8 | Ҳамкориҳоигумрукии Тоҷикистону Русия тақвият меёбанд | 0 | 8.92 | 25-09-2026 |
| 9 | Таджикистан определился с позицией о притоке российского капитала | 0 | 8.46 | 01-10-2026 |